Institut yangiliklari

Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida viloyat sudi raisi va sudьyalarining talabalar bilan uchrashuvi tashkil etildi. “Korruptsiya – rivojlanishga toʼsiq” mavzuidagi muloqotda taraqqiyotga tushov boʼluvchi illatning yoshlar kelajagiga, mamlakat taqdiriga nechogʼli daxl qilishi xususida soʼz yuritildi.

https://telegra.ph/KORRUPCIYA–YOSHLAR-KELAZHAGIGA-DAHL-%D2%9AILUVCHI-ILLAT-12-05

Аlbatta, yurtimizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida jiddiy saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, korruptsiyaning barvaqt oldini olish, ayniqsa, unga sabab boʼluvchi omillarni oʼrganish, tahlil qilish, mazkur illatga yoʼl ochuvchi jihatlarni bartaraf etish yoʼlidagi ishlarni taʼkidlamoq joiz.

Muloqotda institut rektori Komiljon Komilov ham oliy oʼquv dargohida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida roʼyobga chiqarilayotgan amaliy saʼy-harakatlar haqida soʼzlab berdi.