Institut yangiliklari

☑️ 11 dekabr soat 11:00da mukofot jamg’armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi «mGovAward» respublika tanlovining ikkinchi to’lqinining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

▫️ Tanlov haqida:
“MGovAward” davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish tanlovi boʻlib, unda Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari talabalari, shuningdek, maktab oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

🤝 Tanlov tashkilotchilari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, BAA hukumati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidir.

❓ Ishtirok etishni va qimmatbaho pul mukofotlari uchun kurashmoqchimisiz?
Unda onlayn tarzda o’tkaziladigan tanlovning rasmiy ochilish marosimida biz bilan birga bo’ling: https://clck.ru/ZDtA9

Sana va vaqt: 11 dekabr soat 11:00