Institut yangiliklari

Аssalomu alaykum aziz mehnatkash kasb sohiblari, kerak boʼlsa mayda urugʼdan moʼl hosil yetishtirgan qishloq xoʼjaligining barcha tarmoqlaridagi aziz hamkasblar. Аvvalo barchangizni “Qishloq xoʼjaligi xodimlari kuni” bilan samimiy qutlayman.

Mamlakatimizda eng qadimiy va hech qachon oʼz oʼrni, ahamiyatini yoʼqotmaydigan tarmoqlardan biri boʼlgan qishloq xoʼjaligi sohasi shaxsan yurtboshimiz, muhtaram Shavkat Mirziyoev rahbarligida soʼngi yillarda tobora rivojlanib bormoqda. Dehqon va fermer, ishbilarmon klaster, chorvador va pillakor, mohir suvchi va irrigatorlardan tortib, mexanizator va agronomlar, olim va mutaxassislarni tarmoq rivojidagi oʼrni alohida ahamiyatga ega.

Yer bilan tillasha oladigan, unga tirik mavjudot sifatida munosabatda boʼla oladigan viloyatimiz qishloq xoʼjaligi xodimlari mintaqadagi turli iqlim oʼzgarishlari, ekologik sinov va qiyinchiliklarga qaramay, ana shunday murakkab sharoitda ham oʼzlarining boy tajribalariga suyanib, bu yil ham sifatli va moʼl hosil yetishtirishga muvaffaq boʼldilar.

Joriy yilda ham pilla, gʼalla, paxta, meva-sabzavot, sholi, goʼsht, sut mahsulotlari yetishtirishda har yilgidek Аndijonlik dehqonlar bu gal ham Respublikada oʼz soʼzini ayta oldilar.

Soʼnggi yillarni oladigan boʼlsak, barcha tarmoqlar kabi qishloq xoʼjaligi yoʼnalishida ham ilmiy izlanishlar olib borish va nazariyot bilan amaliyotni bir-biriga uygʼunlashtirishda soha fidoiylari boʼlgan akademik va ilmiy izlanuvchilar, professor – oʼqituvchilarning ham ishtiroki muhim boʼlmoqda. Bunda Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituning malakali mutahassislari, olimlari va yosh izlanuvchilarini ham jonbozlik koʼrsatayotgani bizni albatta quvontiradi. Soha rivoji uchun tinimsiz izlanishlar olib borish, ahil jamoamizning ziyolilari bilan yangiliklar yaratishga hamisha tayyormiz.

Bugungi sana munosabati bilan sizlarga, barcha qishloq xoʼjaligi xodimlariga olijanob va zahmatli mehnatingiz uchun yana bir bor Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutining butun jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Xalqimiz farovonligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdek masʼuliyatli, sharafli ishingizda omad va zafarlar tilaymiz.