Institut yangiliklari

Jamshid Xodjayev,
qishloq xo‘jaligi vaziri, TDAU rektori:

«Hurmatli, аgrar soha xodimlari!
Barchangizni kasb bayrami bilan qutlayman va sizlarga chin dildan mustahkam sog‘liq, ulkan baxt va farovonlik tilayman. Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq sevimli ishingiz siz uchun ilhom manbai, katta daromad va bugunning tayanchi, qolaversa, istiqboldagi muvaffaqiyatlar garovi bo‘lib xizmat qilsin!

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – bu faqatgina dalalar, fermer xo‘jaliklari, sanoat, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, o‘quv auditoriyalarida ishlovchi bir necha o‘nlab mutaxassisliklarni namoyon etadigan millionlab insonlarning kasb bayramigina emas.

Balki qishloq xo‘jaligida astoydil ter to‘kadigan millionlab odamlarning halol mehnati miliardlab aholini to‘ydirishga imkon berishini to‘liq anglaydigan har bir insonning shodiyonasidir.

Agrar sohada 365 kun ish ketadi va yilning har bir fasli o‘z afzalliklari hamda qut-barakasiga ega.

O‘zbekistonning zamonaviy qishloq xo‘jaligida anʼanalar innovatsiyalar bilan, qo‘l mehnati mexanizatsiya va raqamlashtirish orqali uyg‘unlashtiriladi. Tajribali insonlarga suyanish barobarida, bu soha yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar asosida rivojlantirilmoqda.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ning to‘qqizta ustuvor yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratib, rivojlanish yo‘lida dadil bormoqda.

Prezidentimiz qishloq xo‘jaligining barcha mehnatkashlariga yo‘llagan bayram murojaatida (https://president.uz/uz/lists/view/4827) asosiy o‘zgarishlar haqida batafsil aytib o‘tdi. Bu barcha ijobiy siljishlar ortida mutaxassislar, asosan, qishloqlarda yashovchi insonlar mehnati turibdi.

Ularning barchasi mamlakatimiz – kecha, buguni va ertangi kunimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi.

Agrar sohadagi har bir mehnatkashga mashaqqatli mehnati, o‘z mehnatiga fidoyiligi, yerga muhabbati uchun katta rahmat.

Uzoq umr va farovonlik yor bo‘lsin!»