Institut yangiliklari

Yil yakunlanar ekan qishki taʼtil davri boshlanishiga ham oz fursatlar qolmoqda. Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalarini taʼtil davriga kuzatishdan oldin har bir fakulьtetda yil sarhisob etilmoqda. Oʼsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulьteti dekani va kafedra mudirlari yakunlanayotgan 2021 yilda institutda oʼzining naʼmunaviy xulqi, odobi, taʼlim olishdagi faolligi, jamoat ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy yoʼnalishlarga ham oʼz xissasini qoʼshgan talabalarni «Rektor tashakkurnomasi» bilan taqdirlashdi. Аytish kerak institutda «Rektor tashakkurnomasi» bilan mukofotlangan talabalarimizning safi keng. Bundan koʼrinib turibdiki, yoshlar bilimga chanqoq, turli tanlovlarda faol, tashkiliy ishlarga ham befarq emas.

Taqdirlov jarayonlari har bir fakulьtetda davom etmoqda.

АndQXАI matbuot xizmati