Institut yangiliklari

Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari (bakalavr) o’rtasida mutaxassislik fanlari bo’yicha respublika onlayn fan olimpiadasi o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

Qishki ta’tildagi talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda talabalar orasidan Qishloq xo’jaligi soxasi mutaxassislari orasidan zaxira kadrlarini saralab olish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda onlayn olimpiada o’tkaziladi.

📌Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalari – 20.01.2022 (soat:10:00)

📌O’simliklarni himoya qilish – 20.01.2022 (soat 11:00)

📌Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti – 20.01.2022 (soat 12:00)

📌Agronomiya – 20.01.2022 (soat 14:00)

📌Mevachilik – 20.01.2022 (soat 10:00)

📌Sabzavotchilik 21.01.2022 (soat 11:00)

📌Ipakchilik 21.01.2022 (soat 12:00)

📌Agrokimyo va tuproqshunoslik 21.01.2022 (soat 14:00)

📌O’rmonchilik 22.01.2022 (soat 10:00)

📌Umumiy zootexniya 22.01.2022 (soat 11:00)

📌Aholi yashash joylarini ko’kalamzorlashtirish 22.01.2022 (soat:12:00)

📌Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi 22.01.2022 (soat-14:00)

✅ Fan olimpiadasi bir bosqichda, joriy yilning 20-22 yanvar kunlari, onlayn tarzda, belgilangan vaqtlarda, har bir ishtirokchiga 40 daqiqadan vaqt ajratilgan holda bo’lib o’tadi.

Shaffoflik va adolatni ta’minlash maqsadida, tashkiliy qo’mita tomonidan zoom platformasi orqali bevosita kuzatuvga ulangan holda, olimpiada test topshiriqlari bajariladi. Olimpiada ishtirokchisining nojoya harakati yoki mobil va kompyuter qurilmalarining texnik holatiga qatnashchining o’zi javobgar hisoblanadi.

✅ Zoom platformasiga ulanmagan ishtirokchi ishtirok eta olmaydi. Quyidagi havola orqali nazorat zoom platformasiga ulanishingiz mumkin 👉

https://zoom.us/j/4191518542?pwd=OFUrQloxYjI1MlVQUEljd1hncWZ6Zz09 

✅ G’oliblar Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan 1-, 2-, 3-darajali diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

✅Ushbu fan olimpiadalarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yhatdan o’ting. Ro’yhatdan o’tishning oxirgi muddati joriy yilning 19-yanvar kuni soat 16:00 gacha.