Institut yangiliklari

2022 yilda aholini kambagʼallikdan chiqarish boʼyicha aholi xonadonlarida parranda boqish va undan daromad manbai sifatida foydalanishda xonadon egalarini parrandachilik boʼyicha bilim, koʼnikmalarini oshirish yuzasidan Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda viloyat qishloq xoʼjaligi boshqarmasi bilan hamkorlikda alohida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

🔷 Jumladan:

🔸Institutning 10 nafar professor-oʼqituvchilari va 100 nafar Vetinariya meditsinasi, Zooinjeneriya (turlari boʼyicha) taʼlim yoʼnalishlari 2-bosqich va 3-bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni viloyatning shahar va tumanlariga biriktirildi;

🔸Xonadon egalarini parranda parvarishi boʼyicha malakasini oshirish yuzasidan 2 haftaga moʼljallangan oʼquv seminarlari tashkil etildi;

🔸Jumladan, Baliqchi tumanidagi Аfsona MFY, Oqtepa MFY, Ulugʼnor tumani “Fazogir” MFY, Boʼston tumanidagi Dehqonobod MFY, Guliston MFY, Xalqabod MFY, “Koʼhinur” MFY, Buloqboshi tumani “Raish” MFY, Qoʼrgʼontepa tumani Tashloq MFY, Jalaquduq tumani Gʼalaba MFY, Xonobod shahri “Yangi hayot” MFY, Аndijon shahar “Maorif” MFY, “Xayraqayragʼoch MFY, Marhamat tumani “Gar Gar” MFY, Konchilar MFY, “Polvontosh” MFY, “Birlik” MFY, Izboskan tumani “Janobod” MFY, “Guzar” MFY, Paxtaobod tumanida “Guldiyor” MFY hamda Xayrabod MFY hududlarida oʼquv-seminarlar oʼtkazilmoqda.

Ularda parranda boqish bilan shugʼullanish istagida boʼlgan aholini parrandachilik boʼyicha oziqlantirish, ularni parvarishlash hamda parrandalarga yuqishi mumkin boʼlgan kasalliklarni oldini olish yuzasidan aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari aholini yashash xonadonlarida mutaxassislar tavsiyasiga asosan tovuq yashashi uchun joylar ham tayyorlanmoqda.