Institut yangiliklari

Mamlakat fuqarolari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday maʼlumotlar maʼlum vaqt oraligʼida aholini roʼyxatga olish tadbirlari orqali toʼplanadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.


BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy koʼrsatkichlarning demografik koʼrsatkichlar bilan mutanosib ravishda oʼsib borishini taʼminlash uchun har oʼn yilda kamida bir marotaba aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishni tavsiya etadi. Аfsuski, yurtimizda mustaqillikdan soʼng keng koʼlamda aholini roʼyxatga olish tadbiri oʼtkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor 2023 yilda oʼtkazilishi koʼzda tutilgan aholini roʼyxatga olish tadbiriga ayni paytda qizgʼin tayyorgarlik koʼrilmoqda.
Аholini roʼyxatga olish mamlakat hududida millati, elatidan qatʼiy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir boʼlib, uning oʼtkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qatʼi nazar birdek manfaatdormiz.