Institut yangiliklari

🔰 Koʼpchilik abiturientlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional taʼlim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda Respublika taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 oʼquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalari talaba va oʼquvchilar oʼqishi uchun kontrakt miqdorini toʼlashning soʼnggi muddati 2022 yilning 1 marti etib belgilandi.

➡️ Ushbu muddat quyidagilar:

➖toʼlov-kontrakt asosida oliy taʼlim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

➖toʼlov-kontrakt asosida professional taʼlim muassasalari (texnikum, kollej)ga oʼquvchilikka tavsiya etilganlar;

➖ tabaqalashtirilgan toʼlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

➖ oʼqishi koʼchirilgan (koʼchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.