Institut yangiliklari

“Open Budget” (“Ochiq byudjet”) loyihasi 2 asosiy bosqichda (fevral–mart va avgust–sentyabr) amalga oshiriladi.

Sizda ushbu dastur doirasida “Tashabbuskor byudjet elchisi” boʼlish imkoniyati mavjud. Oʼzingiz yashab turgan hududda tashabbusingizni ilgari suring, yaqinlaringizni ovoz berishga chorlang va sovrinlar gʼolibiga aylaning!

Hammasi juda oddiy:

1️⃣-qadam: “Ochiq byudjet” axborot portalida roʼyxatdan oʼting va oʼz tashabbusingizni qoldiring (kasbni ifodalovchi ustunda talaba ekanligingizni koʼrsatishni unutmang).
2️⃣-qadam: Tanlov boshlanganidan soʼng, turli ijtimoiy tarmoqlarda tashabbusingizni ommalashtirish va fuqarolar, yaqinlaringiz, doʼstlaringiz oʼrtasida ovoz toʼplashingiz zarur.
3️⃣-qadam: Tanlov yakunida TOP-50 LOYIHА tanlab olinadi.

Eng koʼp ovoz va layk toʼplagan ishtirokchi gʼolib deb topiladi.

Gʼoliblarga:
1—5-oʼringa — Noutbuk
6—15-oʼringa — Planshet
16—25-oʼringa — Elektron kitob qurilmasi (Kindle)
26—36-oʼringa — “Аqlli” soat
37—50-oʼringa — Quloqchin topshiriladi.

👉 Batafsil
(https://telegra.ph/Tashabbuskor-byudzhet-ehlchisi-02-10)
(https://t.me/eduuz_lotin/890)
➡️ @eduuz