Institut yangiliklari

Davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yilning 16 mart kuni “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini roʼyxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida Oʼzbekiston tarixidan oʼrin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yoʼq edi.
Qonun, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish Kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.
Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish boʼyicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Tojikiston, Qirgʼiziston, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, АQSh, Kanada va boshqa davlatlarning ushbu sohadagi tajribalari oʼrganilib, qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi.
Qonun beshta bob va oʼttiz bir moddadan iborat boʼlib, undaqonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini roʼyxatga olishning vazifalari va printsiplari yoritib berilgan. Аsosiy printsiplardan biri sifatida davriylik printsipi, yaʼni aholini roʼyxatga olish oʼn yilda kamida bir marta oʼtkazilishi hamda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish toʼgʼrisidagi qaror, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʼyilgan.
Аholini roʼyxatga olish jarayonida, shaxsga doir maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʼyxatga olish varaqlariasosida har bir respondent uchun yakka tartibda toʼldiriladi, yaʼni roʼyxatga oluvchi shaxslar tomonidan uyma-uy yurib, har bir respondent uchun alohida toʼldiriladi.