Institut yangiliklari

Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida yoshlarni yot gʼoya va taʼqiblardan asrash maqsadida «Jaholatga qarshi maʼrifat» mavzusida muloqot tashkil etildi. Talabalar bilan oʼtkazilgan tadbirda viloyat hokimining oʼrinbosari R. Аrziev, viloyat bosh imom xatibi M. Аlimov, institutning professor-oʼqituvchilari hamda huquq tartibot idoralari vakillari mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va doʼstlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishi hamda yoshlarni bilim olib, maʼnaviy kamolotga erishishlari muhim davr talabi ekanligini xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar. Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan yoshlar siyosati va uning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida soʼz yuritildi.

   

Oʼz oʼrnida yoshlar yot gʼoyalarga qarshi doimo hamjihat ekanliklarini bildirib, ishonchni yurt ravnaqiga munosib hissa qoʼshish bilan oqlashlarini bildirdilar. Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.