Institut yangiliklari

Аziz va munis opa-singillarimiz shaniga har qancha ashorlar, maqtovlar kamlik qiladi. Shoir qalami ham unga taʼrif bitishda ojizdir.

8-mart xotin-qizlar kuni munosabati bilan Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida mehnat qilib kelayotgan 400 ga yaqin ayol xodimalarimizga yana bir bor ehtirom koʼrsatildi. Institutimiz rektori Komiljon Sobirovich boshchiligida erkak xodimlarimiz birga hamkasb xonimlarga bayram kechasi tashkil etildi.

Аyol xodimalarimizning ruhiyatiga bayram kayfiyatini ulashish uchun bayram dasturxoni yozildi. Kontsert dasturi maroqli xordiq onlarini ulashdi.