Institut yangiliklari

Viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan ham samimiy muloqot oʼtkazdi.

Bitiruvchi yoshlar bilan suhbat davomida viloyatimizda 2 yil avval oliy oʼquv yurtlari 4 tani tashkil etib, atigi 25 ming nafar talabalarni qamrab olganligiga eʼtibor qaratdi. Bugungi kunga kelib, oliy taʼlim muassasalari soni 8 tani tashkil etib, ularda 50 mingga yaqin talabalar taʼlim va tarbiya olayotganligi, ularga yaratilgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlarni tahlil etdi. Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash masalalari va bu boradagi imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar xususida soʼz yuritildi. Joriy oʼquv yilida mazkur institutni 15 taʼlim yoʼnalishi boʼyicha 422 nafar talaba bitirmoqda.

Аyni jarayonga kelib, 46 nafar bitiruvchi talabalar oʼz mutaxassisliklari boʼyicha ish joyiga ega boʼlgan.

Ochiq muloqot davomida bitiruvchi yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Ularning taklif va tashabbuslari qoʼllab-quvvatlandi.