Institut yangiliklari

Navroʼz shodiyonalari oldidan Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti qator yoʼqlovlarni amalga oshirmoqda. Navbatdagisi Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi Аndijon viloyati kengashi bilan hamkorlikda Аndijon viloyatidagi «Boʼtaqora» muruvvat uyida boʼldi.

 

Talabalar hamda ustozlar bir boʼlib muassasa ishchilarini bayram bilan qutladilar. Yoshlar tomonidan kontsert dasturi ham namoyish etildi.

Ishchi xodimlarga bayram munosabati bilan sovgʼalar topshirildi.