Institut yangiliklari

Oʼzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish vazirligining Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi Turgʼunov Аbdurashid Аbdumannopovich Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida Аndijon viloyatidagi doktorantlar bilan muloqot oʼtkazdi. Maqsad ilm sohiblari tomonidan olib borilayotgan izlanishlarning mazmuni va muammolarni yechishga qaratildi.

 

Maʼlumot uchun: viloyatda jami 346 nafar doktorant ilmiy izlanishlarini turli sohalar kesimida olib borishmoqda. Fikr almashish, ochiq muloqot tarzida oʼtgan suhbatda bevosita har bir doktorantning ilmiy ishi yoʼnalishlar kesimida sohalar rivojiga xizmat qilishi va ilmiy ish yangilikka boy boʼlishi zarur ekaniga alohida urgʼu berildi.

Muloqotda eʼtibor qaratilgan yana bir jihat. Doktorantlarning dissertatsiyalarining himoyalarini oliy attestatsiya talablari asosida tashkil qilish boʼyicha ham soʼz bordi. Viloyat innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari Muzaffar Madazimov ham qatnashib, doktorantlarni akademik harakatchangligi oshirish, dissertattsiyalarni rasmiylashtirish va himoya qilish, stajirovkalarni bir tartibda oʼtkazish, yangi loyihalarni shakllantirish boʼyicha doktorantlar bilan suhbatlashdi.


Najot taʼlimda, najot ilmda. Davlatimiz rahbari ham har bir yoʼnalishga ilmni jalb qilsak, sohalar rivojining eng katta yutugʼi boʼlishiga eʼtibor bermoqda. Shunday ekan, oʼqib, izlanib, natijalar koʼrsatish ilm sohiblarining oldidagi eng muhim vazifa.