Institut yangiliklari

Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida Аfgʼonistonning lobar qizlari mehmon boʼlishdi.

Dastlab mehmonlar institut rektori Komiljon Komilov bilan suhbatlashishdi. Аfgʼon qizlari Toshkent davlat agrar universitetining talabalari. Bugun ular Oʼzbekistonning talabalari bilan bir safda taʼlim olib kelishmoqda. Mehmonlar suhbatdan soʼng institutning oʼquv binolari, axborot-resurs markazi, laboratoriya xonalari bilan tanishtirildi.