Institut yangiliklari

Аholining joriy hisobi boʼyicha maʼlumotlarni shakillanishi.

2023 yilda ilk bor oʼtkazishga qaror qilindi. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasiing 2020 yil 11 noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 710-son qarori huquqiy asos boʼlib xizmat qiladi. Biroq, aholining joriy hisobi boʼyicha mavjud maʼlumotlar aholi soni, yashash sharoiti, maʼlumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik oʼziga xosliklar toʼgʼrisida aniq xulosa va tahlillar qilishga yetarlicha imkoniyat bermayapti. Shu munosabat bilan, mamlakatimizda ana shunday muhim tadbirni yana bir muhim vazifalardan biri bu – shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalarini va maʼmuriy tumanlar xaritalarini tayyorlash hamda aholi punktlaridagi uylarning roʼyxatini tuzish hisoblanadi. Bunda mahalla, qishloq va ovullarning chegaralari, koʼchalarda nom belgilarining oʼrnatilganligi, turar
va noturar joylarning aniq soni hamda uylarning raqamlanganligi aniqlashtirib olinadi.
Tayyorgarlik bosqichida aholini roʼyxatga olish bilan bogʼliq hujjatlar, jumladan, roʼyxatga olish varaqalari, roʼyxatga olishni tashkil etish va oʼtkazish, uning natijalarini olish va eʼlon qilish metodologiyasi ishlab chiqiladi.