Institut yangiliklari

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI RAISI KUBOGI UCHUN FUTBOL MUSOBAQASI START OLDI

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining ochiq stadioni Andijon tumani yoshlari bilan toʼldi. Tadbirda tumandagi to‘rtta sektor rahbarlari qatnashdilar. Tumanning 78 ta MFY yigitlari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqani Andijon tumani Danariq va Navro‘z MFY aholisi boshlab berdi.

Yashil maydonda to‘p surgan jamoalar g‘oliblik uchun harakat qildi.

Tomoshabin bo‘lgan institut talabalari va mahalla yoshlari jamoalarni olqishlab turishdi.