Institut yangiliklari

Ko‘plab tashriflarga boy bo‘lgan yakuniga yetgan haftada Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti delegatsiyasining tashrifi qator kelishuvlarga boy bo‘ldi. Har ikkala davlat oliy ta’lim muassasalarining faoliyatiga doir yangiliklar taqdimoti o‘tkazildi.

Tashrif yakunida mehmonlar institutimiz talabalari tomonidan badiiy chiqishlarni, sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.

O‘sh davlat universiteti professorlari va talabalariga Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlangan tashrif davomida endilikda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar kelishib olindi.