Institut yangiliklari

🔰Ukrainadan qaytgan talabalar oʼqishini soddalashgan tartibda koʼchirishga ruxsat etildi

✔️Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy taʼlim muassasalariga oʼqishini koʼchirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning oʼqishini soddalashtirilgan tartibda koʼchirishga ruxsat berildi.

➡️Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26 apreldan oʼqishni koʼchirish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qilishlari soʼraladi.

❌Bunda, oʼqishini koʼchirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, soʼnggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik taʼtilda boʼlgan fuqarolarning oʼqishini koʼchirishga rad javobi beriladi.