Institut yangiliklari

💠 Bugun viloyatimizning Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida instituti 22-aprel – Butun jahon «YER» kuniga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi.

💠 Kunning birinchi yarmida 22-aprel – Butun jahon «YER» kuni munosabati bilan sogʼlik uchun 5 000 qadam marafoni hamda turli sport musobaqalari oʼtkazildi. Shuningdek kadastr sohasining ish faoliyatida zarur boʼlgan texnik vositalardan foydalanish boʼyicha talabalar va tadbir ishtirokchilarga tushunchalar berildi.

💠 Kunning ikkinchi yarmi tadbirning badiiy qismi boʼlib oʼtdi. Bunda Аndijon viloyati hokimining birinchi oʼrinbosari Tursunov Otabek Ravshanbekovich ochib berib kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan yer nazoratchilariga oʼzining samimiy tilaklarini bildirib yerni hisobini yuritishda tinmay mehnat qilish zarurligini taʼkidlab oʼtdi.

💠Shundan soʼng, viloyatimizning koʼzga koʼringan xonandalari tomonidan kuy qoʼshiqlar tinglandi hamda kunning birinchi yarmida boʼlib oʼtgan sport musobaqalarida faxrli oʼrinni olganlar esdalik sovgʼalar hamda savol-javob viktorinasida oʼz bilimlari bilan zukkolik koʼrsatgan talaba yoshlarga Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining maxsus sovgʼasi yaʼni Kadastr tizimiga imtiyozli ishga qabul qilish imkoniyatini beruvchi VАUCHERLАR taqdim etildi.