Institut yangiliklari

Aprel 24, 2022

Yakuniga yetgan hafta oxirida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Kokand Indorama Fertilizers kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uning doirasida kelishuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida bitiruvchilarning ishga joylashtirilishi, talabalar ishlab chiqarish amaliyotini kompaniyada tashkil etish, mutaxassislar tomonidan mahorat darslarini tashkil etish, o‘quv-tajriba uchastkalarida kompaniya o‘g‘itlarini sinovdan o‘tkazish, magistr, doktorant hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarida kompaniyaning mahsulotlaridan foydalanish masalalari kelishib olindi.