Institut yangiliklari

28 may kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahri markazidagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʼida yuridik va jismoniy shaxslar uchun sayyor qabul oʼtkazdi.

Har bir masalalarni ijobiy va o‘rnida hal etish uchun Andijonning barcha sohalardagi mas’ullari va rahbarlari ham qatnashdi. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Komilov Komiljon Sobirovich ham ishtirok etib, oliy ta’limga oid murojaatlarni qabul qildi.