Institut yangiliklari

Andijon shahrida joylashgan «Bobur arena» o’yingohida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Abdujabbor Abdusattarovich Abduvohidov tashabbusi bilan tashkil etilgan futbol bo’yicha rektor va talabalar oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon viloyatida mavjud barcha OTM rektor va prorektorlaridan tuzilgan terma jamoasi shu OTMlarning ilm-fan sohasida yutuqqa erishgan talaba-yoshlariga qarshi maydonga tushishdi.

Qiziqarli bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng «Students Cup» chempionlari «ANDU» jamoasi viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.