“Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, institut bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001-yil 29-avgustdagi 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim institutda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, institut bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish monitoringi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi ichki nazorat inspeksiyalari 2001-yildan “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi deb atalgan.
Bo‘limda 1997-yildan dotsent A.Xojimatov birinchi bo‘lib boshliq lavozimida faoliyat olib borgan. Bo‘limda 3 nafar xodim, boshliq (A.Xojimatov), boshliq muovini lavozimida (M.Qoraboyev, Z.Zulunov. U.Ne’matov, S.Usmonov, I.Sobirov, E.Asronov, R.Abdiraxmonov)lar ishlagan. Uslubchi lavozimida 1997-yil oktyabr oyidan T.Nurqo‘ziyeva hozirgi vaqtgacha ishlab kelmoqda.
2012-yildan bo‘limda boshliq lavozimida (A.Dadaxodjayev, A.Madazimov, Yu.Nishonova, J.Iymanov, I.Tursunov, X.Baratov, T.Yuldasheva, R.Abdiraxmonov, D.G‘aniyev)lar ishlagan. Hozirgi vaqtda U.Abdumalikov faoliyat olib bormoqda.
2020-yil 16-oktyabrdan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Monitoring va ichki nazorat bo‘limi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi deb nomlandi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish maqsadida 2023/2024-o‘quv yili davomida mas’ul etib Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha 1-prorektor Maxsutaliyev Abdusalom Xasanovich tayinlangan.
Hozirda ushbu “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limida 2 nafar xodim (boshliq, uslubchi) faoliyat olib bioradi. Ulug‘bek Abdumalikov Ziyodilla o‘g‘li bo‘limi boshlig‘i 25.01.2024 yildan rektorning 25.01.2024 yildagi 30-L-son buyrug‘i asosida hamda Nurqo‘ziyeva Tojihon Bazarovna uslubchi lavozimida.