Institut yangiliklari

Murosasiz, qiziqarli va chiroyli o‘yin jarayonida talabalar dastlab raqib jamoaga yutqazib qo‘yishdi. Biroq keyingi daqiqalar ular uchun omadli keldi. Bor g‘ayratini ishga solgan Talabalar jamoasi 6:5 hisobida g‘olib bo‘lishdi.

Institut rektori tomonidan talabalarga Toshkent shahriga uch kunlik sayohat uchun bepul chipta sovg‘a qilindi. Kubok ham an’anaga ko‘ra g‘olib jamoaga topshirildi.

🔖 HISOB: Ustozlar~5/Talabalar~6