Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida uzoq yillar samarali mehnat qilgan qadrli ustozimiz, professor, Turon fanlari akademigi Shovvoz Aliyev tavalludining 80 yillik yubileyini nishonlash uchun yaqinlar, hamkasblar va shogirdlar jam bo‘lishdi. Ustozni ulug‘lab, ehtirom ko‘rsatildi. Institut matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan qadrligimizning hayot faoliyati haqidagi qisqacha videorolik havola etildi.

Ustozning bu quvonchlik kunini barcha xursandchilik bilan baham ko‘rishdi.

Ardog‘imizdasiz aziz ustozimiz.