Institut yangiliklari

E’LON

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar 

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun).
  7. Pasport nusxasi.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  9. IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar (mavjud boʻlsa).

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga Oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  5. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
  6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
  7. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun).
  8. Pasport nusxasi.
  9. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi).

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.