Institut yangiliklari

✅ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida “YIL TALABASI-2022” tanlovining dastlabki OTM bosqichiga start berildi!

✅ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlanadi:

✴️ 1- “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”.
✴️ 2- “Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi”.
✴️ 3- “Yilning eng faol ixtirochi-innavator talabasi”.
✴️ 4-“Yilning eng faol sportchi talabasi”.
✴️ 5-“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”.
✴️ 6-“Yilning eng faol ijodkor talabasi”.
✴️ 7-“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”

✅ Tanlovda ishtirok uchun quyidagi hujjatlar to’plami taqdim etilishi lozim:
👉 Ma’lumotnoma (obyektivka), pasport nusxasi
👉 Reyting daftarchasi nusxasi (Baholar inobatga olinadi, 100% a’lo bo’lsin deb talab etilmagan)
👉 Jamoatchilik ishlari va erishgan yutuqlari (sertifikat, diplom, faxriy yorliq va boshqalar…)
👉 Nashr ettirilgan maqola, tezis yoki usubiy qo’llanmalar va patent, ixtiro… (agar bo’lsa)

✅ Tanlovning universitet bosqichida 1,2,3-o’rinni olgan talabalar mos ravishda eng kam ish haqining 8 barobari, 6 barobari hamda 4 barobari miqdorida rag’batlantiriladi.

✅ Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar to’plami har bir talaba o‘z fakultet dekanati yoki Murojaat uchun Institut Yoshlar yetakchisi:
Abdullayev Orifjon
☎️ +998999091919
🌐 @OrifjonAbdullayev ga murojaat qilishlari so‘raladi.

✅ Tanlov komissiyasi tomonidan ishtirokchilar taqdim etilgan hujjatlar ko’rib chiqiladi. Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi g’oliblari aniqlanib, keyingi respublika bosqichga tavsiya etiladi.