Institut yangiliklari

Qishloq ayoli – irodali, samimiy, sabrli.

Qishloq ayoli – ularning chehrasidagi nurda qalb go‘zalligi namoyon. Harakatdan ko‘kargan, mehnatdan rohat topgan ayollar.


Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti mas’ullari O‘zbekiston massiviga qarashli bo‘lgan Maygir Adham fermer xo‘jaligining mehnatkash ayollari bilan uchrashdilar. 15-oktabr Qishloq ayollari kuni munosabati bilan qalbi pok, chehrasi ochiq munisalarning ko‘ngillari e’tibordan yuksaldi. Kun sababchilariga sovg‘alar ulashildi. Bir piyola choy tadbiriga ulangan konsert dasturi opa-singillarimiz uchun a’lo kayfiyat onlarini berdi.

Bayram muborak munisalarimiz. Biz sizkarni yaxshi ko‘ramiz.