Institut yangiliklari

E’LON

Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Germaniyaning “Proff-Praktikum” kompaniyasi bilan hamkorlikda kunduzgi bo’lim 3-bosqich barcha ta’lim yo’nalishlari talabalarini Germaniyada 2023-yil yozda 3 oylik amaliyot o’tash uchun yuborish maqsadida ochiq tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 2022-yil 28-oktabr soat 12:00 da institutning Xalqaro  hamkorlik bo’limida nemis tilida og’zaki usulda onlayn shaklda tashkil etiladi. Tanlovda qatnashishni hohlovchi talabalar quyidagi ma’lumotlarni va sifatli skanerlangan elektron hujjatlarni Telegram  @Bahodirjon1 manzili orqali 2022 yil 27 oktabrgacha muddatda jo’natishingizni so’raymiz:

  1. Familiyasi, ismi-sharifi
  2. Fakulteti, ta’lim yo’nalishi, guruh nomeri
  3. Telefon nomeri
  4. Pasport
  5. Dekanatlardan reyting baholash daftarchasi, 4 ta semestr to’liq baholari bilan
  6. Fakultet dekani va guruh tyutoridan tavsiyanoma
  7. Ota-onasining rozilik xati

Hurmatli talabalar, ajoyib imkoniyatdan foydalaning!

 Xalqaro  hamkorlik bo’limi boshlig’i B.Nosirov