Institut yangiliklari

Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga

M U R O J A A T N O M A S I

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda e’tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini soz hamda shay holatga keltirish choralarini mavsum boshlanishidan avval amalga oshirish zarur. https://fvv.uz/uz/howtoact/favqulodda-vaziyatlar-vazirligining-respublika-aholisi-hamda-tashkilot-korxona-va-muassasalar-rahbarlariga-m-u-r-o-j-a-a-t-n-o-m-a-s-i