Institut yangiliklari

Talabalar kunida ajoyib yangilik 📢

Qiziqyapsizmi❔ Xa, albatta. Bu xabar aynan sizga tegishli.

 

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining talabalari safiga 2022-2023 o‘quv yilida qo‘shilgan yoshlar diqqatigа🌍

 

☺️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 avgustdagi № 4421-sonli qaroriga asosan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga o‘qishga kirish uchun belgilangan miqdordan kam bal to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) summasi ikki barobarga kamaytirildi. Ya’ni bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan shartnoma miqdori 50 foizga 🔇 arzonlashtirildi.

🚩Imkoniyatdan foydalanib qoling

 

📝Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa o‘z dekanatingizga murojaat qiling!📞

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.