Institut yangiliklari

“Kitobxon yoshlar” tanlovi 2-mavsumi boshlandi! G’oliblar eng sara kitoblar bilan taqdirlanadi!

✅Tanlov tashkilotchisi: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi

📚Tanlovda barcha kitobxonlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilarga 8-dekabrgacha mutolaa qilishlari uchun 2 ta kitob vazifa qilib beriladi va shu kitoblar bo’yicha 5 kun davomida (8-12-dekabr) 30 tadan jami 150 ta test savollari beriladi.

🟥Test savollari quyidagi kitoblardan tuziladi:
🔴»Halqa» – Akrom Malik;
🔴»Daftar hoshiyasidagi bitiklar» – O’tkir Hoshimov.

🏆Tanlov g’oliblari 2 yo’nalishda aniqlanadi:
🔵Eng bilimdon kitobxonlar – bu yo’nalishda test savollariga eng ko’p to’g’ri javob bergan 20 nafar ishtirokchilar taqdirlanadi;
🔵Eng faol tanlov targ’ibotchilari – bu yo’nalishda loyihaga eng ko’p do’stlarini taklif qilgan 15 nafar ishtirokchilar taqdirlanadi.

🏆 Tanlov g’oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat va eng sara kitoblar bilan taqdirlanadi:
🟣1) Saodat asri qissalari to’plami;
🟣2) Payg’ambarlar tarixi to’plami;
🟣3) Odoblar xazinasi to’plami;
🟣4) Ruhiy tarbiya to’plami;
↪️ Qolgan o’rinlar qanday kitoblar bilan taqdirlanishi yuqoridagi jadvalda ko’rsatilgan.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun @kitobtanlovbot (https://t.me/kitobtanlovbot?start=998342671) manzili orqali ro’yxatdan o’tish kerak.