Institut yangiliklari

Konstitutsiya – taraqqiyot yoʼlining asosi

Andijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida viloyat maʼmuriy sudi sudyalari hamda talabalar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bagʼishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda sudyalar Dilmurod Halilov hamda Asror Sheraliev ishtirok etib, bosh qomusimizning fuqarolar turmush tarzida nechog‘lik ahamiyatli ekaniga to‘xtaldilar.

Davlatning asosiy qonuni hokimyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab berishi bo‘yicha fikrlar bildirishdi.