Institut yangiliklari

“Talabalar qasamyodi” ko‘rik-tanlovining navbatdagi kuni. Sahnada Agrobiologiya fakulteti talabalari. Ular ham boshqa tengdoshlari kabi bor bilimlari va iqtidorini namoyon etishga harakat qilishdi. Ular buni uddaladi ham.
Qasamyod tadbirida talabalarning ota-onalari tomoshabin bo‘lishdi. Uch bosqichli shartlarda talabalar hayotining unutilmas lahzalari hazil-mutoyibaga boy va musiqiy chiqishlar orqali namoyish etildi.
Ushbu shartda fakultetning “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi tomonidan tayyorlangan koʻrinishlar va parodiyalar barcha tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.

Hali natijalar aniq emas. Nominatsiyalar asosida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori qishki ta’tildan oldin g‘oliblarni taqdirlaydi.