Institut yangiliklari

#Prezident_murojaatnomasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatiga talabalar, yoshlar ham befarq emas. Davlat rahbari murojaatnomaga yakun yasar ekan, unda aytilgan vazifalarni dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda amalga oshirish oson bo‘lmasligini qayd etdi.

Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz», – dedi davlatimiz rahbari.

Prezident so‘zining yakunida yig‘ilganlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi.