Institut yangiliklari

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofotining 2023-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Ayni paytda Davlat mukofotiga 2023-yilgi saralash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Respublika hamda xalqaro miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar, loyiha va tanlovlarda gʻolib boʻlgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, shuningdek, oʻzining chuqur bilimi, tashabbuskorligi, ishbilarmonligi, shijoati va fidoyiligi bilan ajralib turgan iqtidorli 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar oʻz hujjatlarini joriy yilning 1-martga qadar yashash manzili joylashgan hudud boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga topshirishi tavsiya etiladi.

👉Nizom bilan tanishish (https://lex.uz/docs/-3418697)👈