Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlaridan iborat delegatsiya Andijon tumanidagi 55-umumtaʼlim maktabida yaratilgan sharoitlar, yoshlarni kasb-hunarlarga o‘qitishga, yaʼni taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi (dual taʼlim) bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tajribalarni o‘rganishdi. Ushbu maktabda tashkil etilgan qandolatchilik, mebelsozlik, poyafzalchilik va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Maktab direktori va o‘quvchilar bilan suhbat olib borishdi.