Institut yangiliklari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

Xususiy tashabbuskor «High-Tech House Build» MChJ tomonidan Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining 600 o’rinli talabalar turar joyini davlat-xususiy sheriklik shartlarida rekonstruksiya qilish, jihozlash va boshqarish tashabbusi bildirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi institut tomonidan joriy yilning 28-martida tasdiqlangan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2023-yil 17-maygacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti manzili: Andijon viloyati, Andijon tumani, Oyjamol MFY, Oliygoh 1, E-mail: agai_info@edu.uzaqxai1976@umail.uz, veb-sayt: andqxai.uz, Telefon raqami: 74 373 13 63, 93 243 76 36;
  2. Oliy ta’lim va innovasiyalar vazirligi manzili: 100174 Toshkent shahri, Universitet,
    7-uy. E-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami:
    71 203-32-23;
  3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manzili: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol, 29-uy.
    E-mail: info@imv.uz, imv@exat.uz, veb-sayt: imv.uz, Tel. raqami: 71 239-15-69, 239-12-52.

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkaziladi.