Institut yangiliklari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti boshlang‘ich tashkiloti Kengashi a’zosi, Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori X.Sharobiddinovaning tashabbusi bilan talabalar uchun master klass o‘tkazildi. «BIORAY» MCHJ asoschisi Nuriddin Orziqulov va «Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi Andijon viloyati filiali bosh mutaxassisi Oybek Po‘latov tinglovchilarga shaxsiy rivojlanish hamda tadbirkorlik faoliyati haqida ma’lumotlar berishdi. Startap loyihalar ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha amaliy va nazariy tushunchalar yoshlar uchun ancha qiziq o‘tdi.