Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida qanchadan qancha aziz ustozlarimiz, yaqinlarimiz faoliyat yuritgan, hozirgacha ham ishlab kelishmoqda. Ularning mehnatlari, namunali hayoti biz uchun ibratdir. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 1980 yildan buyon hozirgi davrga qadar Kadrlar bo‘limida ishlab kelgan Kolodeeva Valentina Grigoryevna ham o‘z oilamizdek, qalban yaqin bo‘lgan insonimizdir. Institut professor-o‘qituvchilari, hamkasblar birgalikda Valentina Kolodeevani pensiyaga kuzatish marosimida qatnashishdi. O‘tgan yillarning eng yorqin lahzalari bir zum xotiralarda gavdalandi.

Valentina Kolodeevani eng yaxshi xodimlar safida, halol va sitqidildan mehnat qilgan. Har jihati na’munali. Uning mehnatlarini doimo qadrlaymiz. U biz uchun doimo «Valiya opa» bo‘lib qoladi.