Institut yangiliklari

Qadrli abituriyentlar, aziz ota-onalar!

So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilib, o‘qishga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish jarayonlari to‘liq raqamlashtirildi. Shu sababli mazkur yo‘nalishda korrupsion holatlar keskin kamaydi.

Shu o‘rinda, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etishda korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.

Unga ko‘ra vazirlik va agentlik mas’ul xodimlari tomonidan imtihon jarayonlarining ochiq va shaffof tashkil etilishi to‘liq nazorat qilinadi va imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirga uzatiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yaxshi niyat ila talaba bo‘lish istagidagi yoshlar va ularning yaqinlarini korrupsion holatlar ishtirokchisiga aylanib qolmasliklarini, bunga duch kelishganda telegramdagi @EduAntiCorruptionBot ga yoki 71-207-18-43 telefon raqami orqali murojaat qilishlarini so‘raydi.