Institut yangiliklari

Avval xabar berganimizdek, Andijonda Koreyaning O’zbekistondagi “KOPIA” tashkiloti markazi bilan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida ilmiy-texnik loyiha asosida sholidan yiliga ikki marta hosil olish tadqiqotlari olib borilayotgan edi.
Ayni paytda sholi hosilini yig‘ishtirib olish yuzasidan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda KOPIA markazi direktori Oh Sun Jon, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari, AKIS mutaxassislari, vodiy viloyatlari sholikor fermerlari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishmoqda.