Institut yangiliklari

«Mirzo Ulug’bek» vorislari ko‘rik-tanlovining joriy yildagi g‘oliblari uchun Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti xodimlari mas’ulligida Andijon viloyatining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat, texnotur hamda o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan iqtidorli yoshlar Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Uchrashuv yakunida «Yoshlar Akademiyasi»ga qabul qilingan Mirzo Ulug’bek vorislari respublika tanlovining joriy yildagi g‘oliblariga a’zolik sertifikati topshirildi.