Institut yangiliklari

29-avgust kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati tomonidan Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joylari yuzasidan press-tur oʻtkazildi.

Jarayonning navbatdagi manzili Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti boʻldi. Institutda jami 5 ta talabalar turar joyi bor shundan 1- va 2- laridan amalda foydalanilmoqda. 1 talabalar turar joyining A va B blogi oʻgʻil bolalar uchun, ikkinchi talabalar turur – joyining A va B blogi esa qiz bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, har ikkalasida 656 tadan joy bor.
Mazkur yotoqxonalarga davlat xizmatlariga ariza topshirish orqali talabalar joylashishi mumkin. Uchinchi yotoqxona 600 oʻrinli boʻlib, hozirda DXSH asosida toʻliq taʼmirlanmoqda. Toʻrtinchi talabalar turar-joyini shay holga keltirish maqsadida tadbirkor bilan shartnoma tuzilgan. Shu yilning oktyabr oyiga taʼmir yakunlanib, 300 oʻrinli turar – joy foydalanishga topshiriladi. Beshinchi talabalar turar-joyi investitsiya dasturiga kiritilgan. 350 oʻrinlik turar – joyiga moʻljallangan loyihani amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
Bakalavrning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan toʻrt ming uch yuz oʻn nafar talabaning ikki ming yigirma nafari turar-joyga ehtiyoji bor. Hozirning oʻzida 1 312 nafar turar-joy talabalarni qabul qilishga tayyor holda boʻlsa, DHSH asosidagi 600 oʻrinli yotoqxonani jihozlash ishlari 2 sentyabr kunida yakuniga yetkaziladi. 1 912 nafar talaba yotoqxona bilan taʼminlansa 120 nafarini ijara xonadonlariga joylashtirish masalalari ham hal etilgan.

Yana bir maʼlumot barcha yotoqxonalar ishga tushirilgandan soʻng 2 562 nafar talabaga turar-joy yaratiladi.