Institut yangiliklari

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida ham «Bilimlar kuni» koʻtarinkilikda boshlandi. Bugungi kun yoshlar hayotida, ayniqsa birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun oʻzgacha hayajonli.

Tantanali marosimda dastlab, institut rektori Komiljon Komilov soʻz olib, talabalar va ularning ota-onalarini, professor-oʻqituvchilarga dil soʻzlarini izhor etdi. Samimiy suhbat davomida ota-onalar va talablarning dil tilaklari ham bildirib oʻtildi.