Institut yangiliklari

Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti talaba yigitlari «Bir dasturxon atrofida birlashaylik» shiori ostida kechki tadbir dasturini tashkil etishdi. Oʻzbek yigitlari mohir oshpaz ekanliklarini oʻchoq boshida koʻrsatishdi. Olov otashida tayyorlangan palovxontoʻra haqiqiy yigitlarbop boʻlib, mazasi esda qoladigan boʻldi. Bugun kechki dasturxon atrofida doʻstlar diydori birlashdi.