Institut yangiliklari

GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING TOSHKENTDAGI ELCHISI ANDIJONDA.

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchisi Dr.Tilo Klinner Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga qarashli boʻlgan Axborot maslahat markaziga kelib, faoliyat bilan yaqindan tanishdi. Janob Klinner dastlab GIZ xalqaro hamkorlik tashkilotining qator loyihalari asosida qurilgan chorvachilik xoʻjaligi faoliyatini oʻrgandi. Mazkur xoʻjalikda Veterinariya meditsinasi, Chorvachilik taʼlim yoʻnalishlarida oʻqiyotgan talabalar amaliy darslarni oʻtishadi. Chorva hayvonlarini parvarishlash, genetik shakllarini oʻrganish va shu kabi bilimlarini professor-oʻqituvchilardan oʻrganib kelishmoqda. Mehmonlar ham ayni mana shunday amaliy dars jarayonini kuzatishdi. Qolaversa, Avstriya davlatidan keltirilgan zotdor chorva mollari hamda buzoqlarning bugungi parvarish sharoitlarini oʻrgandilar.